Belgiyalik darvozabon Tibo Kurtua hozircha futbolchilik faoliyatini yakunlashni rejalashtirmayapti, ammo kelajak haqida allaqachon o‘ylay boshlagan. U tadbirkor Gonsalo Vila bilan birgalikda NXTPlay nomli investisiya platformasini ishga tushirdi.
«Kimdir bunga ko‘proq qiziqish bildiradi, kimdir muayyan qarashlarimizni qo‘llab-quvvatlaydi, ba’zan esa ularning atrofidagi odamlar bilan muloqot qilishga to‘g‘ri keladi.
Ko‘p hollarda esa odamlar men nima qilayotganimni kuzatib, loyihaning istiqbolini ko‘ra boshlaydi. Ayrimlarning brendlar bilan amaldagi shartnomalari bor, shuning uchun investisiya masalasi ularni unchalik qiziqtirmaydi.
Ammo men shu yo‘nalishda ishlashda davom etsam, ularning qiziqishini ham oshira olaman, deb o‘ylayman. Buning uchun ular tizim ishlayotganini va menga ishonish mumkinligini ko‘rishi kerak», — deya Kurtuaning so‘zlarini derbyderbyderby.it keltirdi.
Ayni paytda belgiyalik darvozabon 34 yoshda.













