Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Mbappe Diomandeni himoya qildi

Mbappe Diomandeni himoya qildi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe jamoa yangi futbolchisi Yan Diomandening moslashuv jarayoni haqida fikr bildirdi.

19 yoshli vinger «RB Leypsig»dan 125 million yevroga xarid qilingan, bonuslar bilan transfer summasi 140 million yevrogacha yetishi mumkin. Kot-d’Ivuarlik futbolchi hozircha har doim ham asosiy tarkibdan joy olayotgani yo‘q. U ilk samarali harakatini yaqinda «Elche»ga qarshi o‘yinda golli uzatma bilan qayd etdi.

«Yan Diomandening juda iqtidorli ekani aniq. Odamlar 140 million yevro haqida ko‘p gapirishyapti, ammo u atigi 19 yoshli yigit.

Biz uni himoya qilishga harakat qilyapmiz, chunki u bizga kerak. Mavsum juda uzun, shu sabab faqat 11 nafar futbolchiga tayanib bo‘lmaydi», — deya Mbappening so‘zlarini Madrid Universal keltirdi.

Yakshanba kuni Joze Mourinyu boshchiligidagi «Real» Madrid derbisida «Atletiko»ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 08:36, 18.09.2026.
O'qildi: 957 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик