Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy - BAA
23/09 10:30 Eron - KXDR
23/09 15:30 Yaponiya - Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston - Gonkong

Uorton: "Yozda ketish haqida jiddiy o‘ylaganim yo‘q"

Uorton: "Yozda ketish haqida jiddiy o‘ylaganim yo‘q"

Baho:
+ | -

"Kristal Pelas" yarim himoyachisi Adam Uorton yozgi transfer oynasida jamoani tark etmagani haqida fikr bildirdi. Futbolchiga Yevropaning bir qator yetakchi klublari qiziqish bildirgan edi.

"Men bu yozda ketish haqida hech qachon jiddiy o‘ylaganim yo‘q. Agentim ham menga hech narsa aytmaydi. Umuman olganda, bu jarayonlarga aralashmayman, chunki hech narsani bilishni ham istamayman.

Agar jamoadan ketish niyatim bo‘lmasa, transferlar haqida qandaydir ma’lumotga ega bo‘lishimning ma’nosi yo‘q", — dedi Uorton Sky Sports nashriga.

Joriy mavsumda Uorton barcha musobaqalar doirasida 6 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

22 yoshli yarim himoyachining "Kristal Pelas" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 10:25, 18.09.2026.
O'qildi: 610 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик