«Nyukasl» hujumkor yarim himoyachisi Entoni Elanga sonning orqa qismi mushaklaridan jarohat oldi va uzoq muddatga safdan chiqdi. Bu haqda Sports.Yahoo xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining to‘liq tiklanishi uchun 6-8 hafta vaqt talab etiladi.
24 yoshli yarim himoyachi joriy mavsum Angliya Premyer-ligasida 3 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.
Shvesiyalik vingerning «Nyukasl» bilan shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxiriga qadar amal qiladi. Uning bozor qiymati 32 million yevroga baholanmoqda.
Angliya chempionatining to‘rt turidan keyin «Nyukasl» 5 ochko bilan turnir jadvalida 12-o‘rinni egallab turibdi.













