«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn Lionel Messi va Krishtianu Ronalduning natijasini takrorlash imkoniyati haqida fikr bildirdi.
Keyn faoliyati davomida ikki marta Yevropa ligalarining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan. Agar u bu natijaga uchinchi bor erishsa, Messi va Ronalduning ko‘rsatkichini takrorlaydi. Ulardan boshqa hech kim «Oltin butsa»ni uch marta qo‘lga kiritmagan.
«Messi va Ronaldu butun bir avlod davomida futbolda hukmronlik qildi. Ular tarixdagi eng yaxshi futbolchilardan. Ular bilan bir ro‘yxatda bo‘lish — alohida his.
Bu mening maqsadlarimdan biri. Hujumchidan har doim gollar kutiladi. Albatta, «Oltin butsa» mening yagona maqsadim emas. Ammo shuni tushunamanki, agar uni qo‘lga kiritsam, bu jamoaga ham yordam berganimni anglatadi», — dedi Keyn MARCA nashriga.
Yangi mavsumda Keyn barcha musobaqalar doirasida 6 ta uchrashuvda 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













