Madridning «Real» klubiga tegishli va hozirda ijara asosida «Fiorentina» safida to‘p surayotgan Franko Mastantuono boshqa Italiya klubiga o‘tishi mumkin.
Insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotiga ko‘ra, «Napoli» rahbariyati ehtimoliy transfer imkoniyatini baholash maqsadida argentinalik yarim himoyachining vakillari bilan aloqaga chiqqan.
Avvalroq matbuotda Mastantuono Florensiya klubini muddatidan oldin tark etib, Madridga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
19 yoshli argentinalik futbolchi joriy mavsum A Seriyada 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi.
Uning «Fiorentina» bilan ijara shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxiriga qadar amal qiladi.













