Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

«Yuventus» Niko Gonsales bilan yangi shartnoma muhokama qiladi

«Yuventus» Niko Gonsales bilan yangi shartnoma muhokama qiladi

Baho:
+ | -

«Yuventus» argentinalik vinger Niko Gonsalesning vakillari bilan yangi shartnoma masalasida muzokara o‘tkazadi. Bu haqda insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar terma jamoalar o‘yinlari munosabati bilan yuzaga keladigan tanaffus paytida bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuvda hamkorlikni 2030 yoki 2031 yilga qadar uzaytirish masalasi muhokama qilinadi.

28 yoshli vingerning «Yuventus» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan. Uning transfer qiymati 22 million yevroga baholanmoqda.

Gonsales joriy mavsum A Seriyada 3 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.

Kiritildi: 13:40, 18.09.2026.
O'qildi: 667 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик