«Real» hujumchisi Kilian Mbappe Ispaniya chempionatining 7-turida «Atletiko»ga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonishni maqsad qilganini aytdi.
«Bu har doim o‘ynashni istaydigan uchrashuvlardan biri. Unda katta bosim va keskinlik bo‘ladi. Derbi «Real» muxlislari uchun ham, biz uchun ham juda katta ahamiyatga ega ekanini yaxshi bilamiz.
Aynan shunday o‘yinlarni intiqlik bilan kutasan. Bu safar esa mehmonda maydonga tushamiz.
Menga «Santyago Bernabeu»dan tashqarida o‘ynash ham juda yoqadi. Chunki aynan shunday bahslarda futbolchilarning xarakteri namoyon bo‘ladi. Bunday uchrashuvlarda xarakter juda muhim.
Biz fidoyilik, kayfiyat va xarakter evaziga g‘alabali seriyamizni davom ettirmoqchimiz», — deya Mbappening so‘zlarini AS nashri keltirdi.
La Liganing 7-turidan o‘rin olgan «Atletiko» — «Real» uchrashuvi 20 sentyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.













