«Everton» «Tottenxem» hujumchisi Risharlisonni sotib olish uchun yangi urinish qilmaslikka qaror qildi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yozda «iriska»lar braziliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin kelgan, ammo transfer amalga oshmagan edi.
TEAMtalk ma’lumotiga ko‘ra, «Everton» Risharlisonga bo‘lgan qiziqishini qayta tiklashni rejalashtirmayapti.
Joriy mavsumda hujumchi Angliya Premyer-ligasida atigi 1 ta uchrashuvda maydonga tushdi va gol yoki golli uzatma qayd etmadi.
Avvalroq «Tottenxem» Risharlisonni jamoa qaydnomasidan chiqargan edi. Bosh murabbiy Roberto De Dzerbi endi braziliyalik futbolchiga ishonch bildirmayapti.













