Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

APLning uch grandi «Monako» yarim himoyachisi uchun kurashishi mumkin

APLning uch grandi «Monako» yarim himoyachisi uchun kurashishi mumkin

Baho:
+ | -

«Monako» markaziy yarim himoyachisi Lamin Kamara Angliya Premyer-ligasining bir qator top-klublari qiziqish doirasiga tushdi. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, 22 yoshli senegallik futbolchini «Arsenal», «Chelsi» va «Liverpul» o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda.

Qayd etilishicha, ushbu klublar vakillari Kamaraning agenti bilan dastlabki muzokaralarni ham o‘tkazgan.

Lamin Kamara 2024 yil yozidan beri «Monako» safida to‘p surib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali yarim himoyachining bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 16:21, 18.09.2026.
O'qildi: 867 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик