Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Vatske Infantinoni FIFA prezidenti lavozimidan ketishga chaqirdi

Vatske Infantinoni FIFA prezidenti lavozimidan ketishga chaqirdi

Baho:
+1 | -

Germaniya futbol ittifoqi (DFB) vise-prezidenti Xans-Yoaxim Vatske FIFA prezidenti Janni Infantinoni lavozimidan ketishga chaqirdi.

«U ketishi kerak. Hech qanday «ammo» va «agar»larsiz», — dedi Vatske.

U Infantino faoliyatini tanqid qilish uchun uchta asosiy sababni keltirdi: AQSH prezidenti Donald Trampga FIFA Tinchlik mukofotining topshirilishi, AQSH terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogunning diskvalifikasiyasi bekor qilinishi va jahon chempionati bilan bog‘liq tijoriy huquqlarni xususiy investorlarga berish rejasi.

Vatske so‘nggi tashabbusni «mutlaqo aqlga sig‘maydigan g‘oya» deb atadi.

«Bu haqda hech kim hech narsa bilmagan. FIFA vise-prezidentlari ham, FIFA kengashi ham bexabar bo‘lgan.

Sizga investorlar nima uchun kerak? Ular umuman kerak emas. FIFA juda katta mablag‘ga ega. Aslida bu pullar bizga — milliy futbol assosiasiyalariga tegishli», — dedi Vatske.

Avvalroq ham FIFAning mazkur investisiya rejasi shaffoflik va boshqaruv masalalari bo‘yicha tanqidlarga sabab bo‘lgan. FIFA esa ushbu loyihani bekor qilgan va uning tahlilini FIFA kengashiga taqdim etishini ma’lum qilgan.

Kiritildi: 16:43, 18.09.2026.
O'qildi: 650 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик