Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Opta A Seriya chempionligi favoritlarini yangiladi

Opta A Seriya chempionligi favoritlarini yangiladi

Baho:
+ | -

Opta superkompyuteri A Seriya chempionligi uchun favoritlarning yangilangan reytingini taqdim etdi.

4 turdan keyin turnir jadvalida «Inter» va «Roma» 12 tadan ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Keyingi o‘rinlarda 10 ochkodan jamg‘argan «Komo» va «Lasio» bormoqda. Kuchli beshlikni 9 ochko bilan «Kalyari» yakunlab turibdi.

Opta hisob-kitobiga ko‘ra, chempionlik uchun asosiy da’vogar — «Inter». Milan klubining A Seriyani yutish ehtimoli 40,7 foiz deb baholangan.

Kuchli uchlikdan «Roma» — 23,9 foiz va «Komo» — 18,1 foizlik ko‘rsatkich bilan joy olgan.

A Seriya-2026/27 mavsumi chempioni bo‘lish ehtimoli, Opta talqini bo‘yicha:

  1. «Inter» — 40,7%

  2. «Roma» — 23,9%

  3. «Komo» — 18,1%

  4. «Yuventus» — 6%

  5. «Milan» — 3,7%

  6. «Napoli» — 3,1%

  7. «Lasio» — 2,4%

  8. «Atalanta» — 1,2%

Qolgan jamoalarning chempionlik ehtimoli 1 foizdan kam.

Kiritildi: 16:46, 18.09.2026.
O'qildi: 1064 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик