Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy - BAA
23/09 10:30 Eron - KXDR
23/09 15:30 Yaponiya - Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston - Gonkong

Osiyo O‘yinlari. O‘zbekiston U23 terma jamoasi Sardor Bahromovning dubli evaziga Kuvaytni mag‘lub etdi

Osiyo O‘yinlari. O‘zbekiston U23 terma jamoasi Sardor Bahromovning dubli evaziga Kuvaytni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo o‘yinlaridagi ikkinchi uchrashuvini Kuvaytga qarshi o‘tkazib, dastlabki bo‘limdayoq ikki to‘p farqi bilan oldinga chiqdi.

Uchrashuvning 6-daqiqasida Sardor Bahromov olis masofadan kuchli zarba bilan raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoamizni hisobda oldinga olib chiqdi. 36-daqiqada esa Bahromov yana bir bor gol urib, dublni rasmiylashtirdi — 2:0.

Tanaffusdan so‘ng O‘zbekiston jiddiy sinovga duch keldi. 48-daqiqada Ro‘ziboy Fayzullayev qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Shundan so‘ng jamoamiz bir kishi kam bo‘lib harakat qilishga majbur bo‘ldi.

O‘yinning ikkinchi yarmida O‘zbekiston tarkibida bir qator o‘zgarishlar amalga oshirildi. 46-daqiqada dubl muallifi Bahromov o‘rniga Karimov, 59-daqiqada O‘rinboyev o‘rniga Xushvaqtov, 71-daqiqada Saydnurillayev o‘rniga Shodiboyev, 87-daqiqada esa Jumayev o‘rniga Abdunazarov maydonga tushdi.

O‘zbekiston qolgan vaqtda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va Osiyo o‘yinlaridagi ilk uchrashuvida 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Jamoamiz muddatidan avval chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ravshan Haydarov jamoasi guruhda 3-bahsni 22 sentyabr kuni Vyetnamga qarshi o‘tkazadi.

Osiyo o‘yinlari. "S" guruhi, 2-tur
18 sentyabr, 2026 yil.
Kuvayt — O‘zbekiston 0:2
Gollar: Sardor Bahromov, 6, 36.
Qizil kartochka: Ro‘ziboy Fayzullayev, 48.

 JamoaO‘yinG‘alabaDurangMag‘lubiyatT-NOchko
1 O‘zbekiston 2 2 0 0 7-1 6
2 Vyetnam 2 1 1 0 3-1 4
3 Kuvayt 2 0 1 1 1-3 1
4 Filippin 2 0 0 2 1-7 0
Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:58, 18.09.2026.
O'qildi: 2045 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик