«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal o‘z o‘yini va gol ura olmaganidan keyingi holati haqida gapirdi.
19 yoshli futbolchining ta’kidlashicha, u gollar soniga ortiqcha e’tibor qaratmaydi. Uning fikricha, futbolda faqat gol urish emas, balki hujumning boshidan oxirigacha qanday rivojlangani ham muhim.
«Ko‘plab o‘yinlarda shunday holatlar bo‘lganki, men haqiqiy shou ko‘rsatganimni his qilganman, ammo gol ura olmaganman. Shunga qaramay, juda xursand bo‘lib uxlayman. Chunki futbol faqat gol urgan futbolchi emas, balki hujumning darvozabondan boshlab qanday rivojlanganidir.
Uyda ba’zida jahlim chiqadi. Onam mendan gol ura olmaganimdan xafa bo‘lgan-bo‘lmaganimni so‘raydi. Men esa unga hech qachon gol ura olmaganim uchun jahlim chiqmasligini aytaman. Gol — statistika uchun. Agar to‘pga deyarli tegmasam yoki maydonda futboldan zavq olmasam, ana shunda jahlim chiqadi. Meni eng ko‘p xafa qiladigan narsa shu», — dedi Yamal Movistar Plus telekanali dasturida.
Lamin Yamal o‘tgan yili «Oltin to‘p» uchun ovoz berishda ikkinchi o‘rinni egallagan edi.













