"Barselona" vingeri Rafinya klub bilan shartnomasini uzaytirish niyati borligini ma’lum qildi.
O‘tgan hafta kataloniyaliklar sport direktori Deku futbolchi bilan yangi kelishuv masalasi albatta muhokama qilinishini aytgan edi.
"Ha, shartnomani uzaytirishni rejalashtiryapman. 2028 yilgacha amal qiladigan kelishuvni imzolaganimda, o‘sha paytga kelib 30 yoki 31 yoshda bo‘lishimni va qay darajada formada bo‘lishimni bilmasdim.
Ammo bu mavsumni qanday boshlaganimga qarab, hali zaxiramda yana bir necha yil borligini his qilyapman.
Shartnomani uzaytirishdan juda xursand bo‘lardim va boshqa klubga o‘tmasdan, faoliyatimni shu yerda yakunlashga umid qilaman", — dedi Rafinya RAC1 radiostansiyasidagi Tu diràs dasturi uchun bergan intervyusi anonsida.
29 yoshli futbolchi joriy mavsum La Ligada 6 ta uchrashuvda 9 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













