"Manchester Siti" bosh murabbiyi Enso Mareska Pep Gvardioladan keyin klubni boshqarish qanday hissiyot ekani haqida fikr bildirdi.
"Men juda mamnunman. Ilk matbuot anjumanimda ham aytgandim: bu klubda ishlash men uchun katta imtiyoz. Pepdek afsonadan keyin "Manchester Siti"ni boshqarish ham alohida sharaf.
Albatta, agar g‘alaba qozonmasam, bu fojia sifatida qabul qilinishini bilaman va bu normal holat. Ammo men har kuni bu yerda mendan oldin kim ishlagani va u qancha yil klubni boshqargani haqida o‘ylab o‘tirmayman.
Mening vazifam — nimani yaxshiroq qilishimiz mumkinligiga e’tibor qaratish, jamoani rivojlantirish va o‘yinlarda g‘alaba qozonishga harakat qilish", — dedi Mareska.













