Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya - Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston - Gonkong

Alonso «Chelsi»ning «Brentford»dan yirik hisobdagi mag‘lubiyatidan so‘ng fikr bildirdi

Alonso «Chelsi»ning «Brentford»dan yirik hisobdagi mag‘lubiyatidan so‘ng fikr bildirdi

Baho:
+ | -

«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso APL 5-turida «Brentford»ga qarshi uchrashuvdagi 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

«Hamma narsa, ayniqsa natija, ko‘nglimizni qoldirdi. Ammo biz yaxshiroq o‘ynay olamiz. Biz yaxshiroq o‘ynashga majburmiz. 45 daqiqa davomida yaxshi kurashdik, ammo ikkinchi bo‘limda o‘yinimizda pasayish yuz berdi va uchta gol o‘tkazib yubordik.

Diqqatni yo‘qotmasligimiz kerak. Standart vaziyatdan gol o‘tkazib yuborishimiz bilan raqib ustunlik va o‘yin nazoratini qo‘lga kiritadi. Ikkinchi goldan keyin esa vaziyat ancha qiyinlashadi va jarima maydoni atrofida intizom bilan bog‘liq kichik muammolar boshlandi. Buni to‘g‘rilashimiz kerak, bular bizning xatolarimiz.

Birinchi bo‘limda o‘yinda edik, ammo xavfli vaziyatlar yarata olmadik. Qulay pozisiyadan zarba berish uchun so‘nggi pas, so‘nggi aldab o‘tish harakati yetishmadi. Ammo bu masalaning faqat bir tomoni.

Ikkinchi tomoni esa — pozisiyani saqlash, zich o‘ynash, himoyalanish va raqib hujum qilayotganda birgalikda harakat qilish. Yakkakurashlarda g‘alaba qozonish va bu borada barqarorlikka erishishimiz kerak», — deya Alonsoning so‘zlarini BBC keltirmoqda.

Manba: championat.com
Kiritildi: 07:33, 19.09.2026.
O'qildi: 743 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик