«Chelsi» himoyachisi Levi Koluill Angliya chempionatining 5-turida «Brentford»dan uchralgan 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatga izoh berdi.
«Bu og‘ir bo‘ldi. Avvalo, standart vaziyatdan gol o‘tkazib yuborish — o‘yinni boshlashning eng yaxshi usuli emasdi. Biz oldinga intilishga harakat qildik va, ehtimol, haddan tashqari ochilib ketdik. Berish kerak bo‘lmagan uzatmalarni amalga oshirdik va raqib bizni qarshi hujumda jazoladi. Shundan so‘ng ikkinchi golni o‘tkazib yubordik, uchinchi gol esa bizni butunlay sindirdi. Ikkinchi bo‘limda yetarlicha yaxshi o‘ynamadik va terma jamoalar tanaffusida ko‘p jihatlar ustida ishlashimiz kerak.
«Chelsi» hozircha yetarlicha yaxshi o‘ynamayapti. Ayrim vaziyatlarda raqiblar jarima maydonimiz ichida bizni shunchaki mag‘lub etishdi va buni, albatta, to‘g‘rilashimiz kerak. Biz standart vaziyatlar bo‘yicha murabbiyimizga to‘liq ishonamiz va hali ham yangi talablarga moslashyapmiz. Ammo jamoa sifatida kuchayishimiz shart.
Menimcha, biz ruhan tushib qolganimiz yo‘q. Hisobni tenglashtirishga harakat qildik, ammo qarshi hujumdan gol o‘tkazib yubordik. Jamoamiz o‘ziga bo‘lgan ishonchni yo‘qotdi, deb hisoblamayman. Hali ko‘p narsani yaxshilashimiz kerak. Biz faqat hujumdagi uchlik qiyin vaziyatlardan chiqarib ketishiga umid qilib qololmaymiz. Qolgan futbolchilar ham imkon qadar ko‘proq yordam berishi kerak. Albatta, o‘sishimiz uchun hali imkoniyat juda katta», — deya Koluillning so‘zlarini BBC keltirdi.













