Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Kapello: «Modrichni zaxirada qoldirmagan bo‘lardim»

Kapello: «Modrichni zaxirada qoldirmagan bo‘lardim»

Baho:
+ | -

«Milan»ning sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello Luka Modrich asosiy tarkibda o‘ynashi kerak, deb hisoblaydi. U Yevropa ligasida «Benfika»ga qarshi muvaffaqiyatsiz o‘tgan uchrashuvda xorvatiyalik yarim himoyachining zaxirada qoldirilganini tanqid qildi.

«U hatto eng yaxshi formada bo‘lmagan taqdirda ham, bunday futbolchini zaxirada qoldirish masalasiga juda ehtiyotkorlik bilan yondashgan bo‘lardim. Modrich — bu tarkibda o‘yinni vertikal yo‘nalishda rivojlantira oladigan kam sonli futbolchilardan biri», — deya Kapelloning so‘zlarini La Gazzetta dello Sport keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, Luka Modrich o‘tgan yil yozidan buyon «Milan» safida to‘p surmoqda. Bunga qadar u ko‘p yillar davomida Madridning «Real» klubida o‘ynagan.

Kiritildi: 08:38, 19.09.2026.
O'qildi: 661 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик