"Arsenal"ning 16 yoshli vingeri Maks Douman ijara asosida boshqa klubga o‘tishi mumkin. Bu haqda The Touchline xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, "kanonirlar" munosib variant paydo bo‘lsa, o‘z tarbiyalanuvchisini ijaraga berishga tayyor. Klubda ijara Doumanning salohiyatini to‘liq ochishiga yordam beradi, deb hisoblashmoqda. "Arsenal"dagilar futbolchining o‘zi ham bunday variantga qarshi bo‘lmasligiga ishonmoqda.
Bu mavsumda Douman Angliya Liga kubogida birta uchrashuvda maydonga tushib, dubl qayd etdi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, uning transfer qiymati 30 million yevroni tashkil etadi.
To‘rt turdan keyin "Arsenal" 12 ochko bilan Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.













