Ispaniya La Ligasida bugun, 19 sentyabr kuni 7-tur bahslari davom ettiriladi.
Kun dasturidan to‘rtta uchrashuv o‘rin olgan. Dastlab "Osasuna" o‘z maydonida "Rayo Valyekano"ni qabul qiladi. Keyinroq "Atletik" — "Alaves" va "Selta" — "Rasing" bahslari bo‘lib o‘tadi.
Kunning markaziy uchrashuvida "Sevilya" "Barselona"ni qabul qiladi. Ushbu bahs Ispaniya vaqti bilan soat 21:00 da, Toshkent vaqti bilan esa 20 sentyabrga o‘tar kechasi 00:00 da boshlanadi.
19 sentyabr. 7-tur (Toshkent vaqti):
"Osasuna" — "Rayo Valyekano" — 17:00
"Atletik" — "Alaves" — 19:15
"Selta" — "Rasing" — 21:30
"Sevilya" — "Barselona" — 00:00
Eslatib o‘tamiz, tur 18 sentyabr kuni "Espanyol" — "Elche" uchrashuvi bilan boshlangan va mehmonlar 3:1 hisobida g‘alaba qozongan.













