Portugaliyalik iste’dod Dani Freyre Kataloniyaning «Barselona» klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
16 yoshli hujumkor yarim himoyachi klubdagi ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi va «ko‘k-anorranglilar» bilan rasmiy kelishuvga erishdi.
«Barselona» Ispaniya chempionatining yangi mavsumini juda muvaffaqiyatli boshladi. Xans-Diter Flik shogirdlari 18 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. Kataloniyaliklar eng yaqin ta’qibchisi — Madridning «Real» klubini uch ochkoga ortda qoldirmoqda.
«Barselona» chempionatda o‘tkazgan dastlabki olti uchrashuvida 28 ta gol urdi va o‘z darvozasidan oltita to‘p o‘tkazib yubordi.













