Fransiyalik futbolchi Maykl Olise Germaniya Bundesligasidagi hakamlikdan norozi ekanini bildirdi. «Bavariya» safida to‘p surayotgan futbolchi raqib himoyachilarining qo‘pol harakatlariga hakamlar yetarlicha qat’iy munosabat bildirmayapti, deb hisoblaydi.
«Hakamlar qattiqroq bo‘lishi kerak, aks holda meni shunchaki parcha-parcha qilib tashlashadi. Raqib himoyachilari qanday harakat qilayotganini ko‘rib, shunchaki turish va hech narsa qilmaslik mumkin emas. Bunday holatlarga ko‘z yumib bo‘lmaydi», — deya Olisening so‘zlarini derbyderbyderby.it nashri keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Maykl Olise 2024 yildan buyon «Bavariya» sharafini himoya qilib kelmoqda. U Germaniya klubiga Angliyaning «Kristal Pelas» jamoasidan o‘tgan.













