«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani vinger Maykl Olisening o‘yin va shaxsiy fazilatlariga yuqori baho berdi.
Fransiyalik futbolchi Bundesliga doirasida «Union»ga qarshi o‘tgan va 7:0 hisobida yakunlangan uchrashuv qahramoni bo‘ldi. Olise xet-trik qayd etdi va yana bir golga assistentlik qildi.
Jurnalistlar Kompaniga Oliseda uni eng ko‘p nima hayratga solishi haqida savol berishdi.
«Hamma jihati. Gap faqat uning qanday o‘ynashi haqida emas, balki xarakteri haqida ham ketyapti. Men o‘z futbolchilarimning «muxlisi» bo‘lishni istamayman — men uchun ularning qanday inson ekani ham muhim.
Olise barcha yaxshi sifatlarni o‘zida jamlagan futbolchi. Bunday o‘yinchilar bilan ishlash oson. U ikki yarim yildan beri shu darajada o‘ynab kelmoqda va, shubhasiz, to‘g‘ri yo‘lda», — dedi Kompani matbuot anjumanida.
Maykl Olise joriy mavsumda 7 ta o‘yinda 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













