Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Karrager «Liverpul»ni «galaktikos» davridagi «Real»ga qiyosladi

Karrager «Liverpul»ni «galaktikos» davridagi «Real»ga qiyosladi

Baho:
+ | -

«Liverpul» afsonasi Jeymi Karrager jamoaning mavsumni muvaffaqiyatsiz boshlaganidan so‘ng klubni tanqid qildi. «Qizillar»ning sobiq sardori bu holatda yangi bosh murabbiy Andoni Iraolani ayblamadi va muammolarni klubning transfer bozorida qabul qilgan qarorlari bilan bog‘ladi.

Karrager hozirgi «Liverpul»ni 2000-yillar boshidagi Madrid «Real»ining «galaktikos» loyihasiga qiyosladi. O‘sha davrda Ispaniya klubi Zinedin Zidan, Ronaldo, Luish Figu va Devid Bekxem kabi yulduzlarni bir jamoaga to‘plagan, ammo uzoq muddatda unga bildirilgan katta umidlarni to‘liq oqlay olmagan edi.

«Yangi murabbiy «Liverpul»ning transfer siyosati oqibatlari bilan diplomatik tarzda kurashishiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu siyosat klubni o‘zi uchun odatiy bo‘lmagan va tavakkalchilikka boy yo‘lga boshladi. Bu yo‘l ko‘proq «Real» tanlagan yo‘nalishni eslatadi.

Hozir biz «Enfild»da omadsiz kechayotgan «galaktikos» davrining o‘rtasida turibmiz», — deb yozdi Karrager The Telegraph nashridagi maqolasida.

Sobiq himoyachi «Liverpul»ning transferlarga sarflagan ulkan mablag‘lariga ham alohida e’tibor qaratdi.

«Qancha mablag‘ sarflanganini hisobga olsak, bu aql bovar qilmas holat. Bask murabbiyi «Liverpul» tarixida umumiy qiymati 700 million funtdan ortiq bo‘lgan yangi futbolchilar bilan ishlayotgan ilk murabbiyga aylandi. U o‘ziga juda murakkab vaziyat meros qolgan, deb hisoblasa ham bo‘ladi», — dedi Karrager.

«Liverpul» Angliya Premyer-ligasining dastlabki to‘rt turida atigi bitta g‘alaba qozondi va uch marta durang o‘ynadi. Ayni paytda «qizillar» turnir jadvalida 8-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 12:39, 19.09.2026.
O'qildi: 668 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик