«Bavariya» vingeri Maykl Olise Bundesliga doirasida Berlinning «Union» klubiga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etdi. Myunxenliklar mazkur uchrashuvda 7:0 hisobida yirik g‘alabaga erishdi.
Fransiyalik futbolchi 43, 73 va 76-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Bu 24 yoshli futbolchining professional klub faoliyatidagi ilk xet-trigi bo‘ldi.
Olise bunga qadar uchta golni faqat Fransiya terma jamoasi safida urgan edi. U iyun oyida Shimoliy Irlandiyaga qarshi o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvida xet-trik qayd etgan.
Maykl Olise joriy mavsumda Vensan Kompani boshchiligidagi «Bavariya» safida 7 ta o‘yinda 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fransiyalik futbolchi 2024 yil yozidan buyon Myunxen klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.













