«Barselona» vingeri Lamin Yamal bolaligida Neymarning o‘yinidan qanday ilhomlanganini so‘zlab berdi.
«Men uchun o‘zimni baxtli his qilish doimo muhim bo‘lgan. Neymar esa maydonda baxt va zavqni ifoda etadigan futbolchining eng yaxshi namunasi edi. Uning o‘yinini shunchaki tomosha qilishning o‘zi huzur bag‘ishlardi.
Bolaligimning deyarli har bir kuni ertalab uyg‘onib, avval Neymarning driblinglari aks etgan videolarni tomosha qilardim, keyin esa uning gollarini ko‘rardim. U o‘ziga xos futbolchi edi», — deya Yamalning so‘zlarini The Touchline keltirdi.
Ayni paytda 34 yoshli Neymar o‘z vatanida «Santos» safida to‘p surmoqda. Braziliyalik futbolchi bundan avval Saudiya Arabistonida «Al-Hilol», Yevropada esa «PSJ» va «Barselona» klublari sharafini himoya qilgan.













