«Manchester Yunayted» va Angliya terma jamoasi afsonasi Ueyn Runi Britaniyaning BBC telekanalida efirga uzatiladigan «Can You Beat Wayne Rooney?» nomli yangi futbol viktorinasiga boshlovchilik qiladi.
So‘nggi bir yil davomida Runi turli televizion dasturlarda muntazam ravishda ekspert va tahlilchi sifatida ishtirok etib kelmoqda. Biroq yangi loyiha formati an’anaviy futbol tahlilidan keskin farq qiladi.
Bu safar Runi viktorinaning asosiy ishtirokchisi bo‘ladi. Taniqli mehmonlar uning xotirasi va futbol bo‘yicha bilimlarini turli savollar orqali sinovdan o‘tkazadi.
«Bitta savolning o‘zi seni bir zumda kiyinish xonasiga, muayyan o‘yinga yoki ko‘p yillardan beri eslamagan biror voqeaga qaytarishi mumkin. Bizda ko‘plab ajoyib mehmonlar, kulguli vaziyatlar va qiziqarli futbol suhbatlari bo‘ladi», — dedi Runi.
Shouni olib borishda unga komik Aleks Bruker yordam beradi.













