Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Kalafyori «Arsenal» oshxonasidagi kulgili holatni ko‘rsatdi (+Video)

Kalafyori «Arsenal» oshxonasidagi kulgili holatni ko‘rsatdi (+Video)

Baho:
+ | -

«Arsenal» himoyachisi Rikkardo Kalafyori ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lib, navbatdagi posti bilan futbol muxlislari e’tiborini tortdi. Italiyalik futbolchi «Arsenal» bazasidagi oshxonadan qisqa video joyladi.

Videoda bolonyeze spagetti solingan likopchani ko‘rish mumkin. Kalafyori jamoadoshi taomga ketchup qo‘shganini ko‘rib, deyarli dahshatga tushganday munosabat bildirdi. Keyinroq kadrda bu futbolchi Kay Xavers ekani ma’lum bo‘ldi.

«Pastaga ketchup», — deb yozdi Kalafyori video ustiga va g‘amgin smaylik qo‘shdi.

Videoni muhokama qilgan muxlislardan biri italiyaliklar o‘z milliy taomlaridan biri hisoblangan pastaga juda jiddiy munosabatda bo‘lishini ta’kidladi. Shu sabab Kalafyorining reaksiyasini tushunish mumkinligi qayd etildi.

Kiritildi: 12:50, 19.09.2026.
O'qildi: 668 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик