Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Emeri: «Tottenxem» APLning kuchli to‘rtligida bo‘lishi kerak»

Emeri: «Tottenxem» APLning kuchli to‘rtligida bo‘lishi kerak»

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasining 5-turi doirasida Birmingemning «Aston Villa» klubi safarda Londonning «Tottenxem» jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv oldidan mehmonlar bosh murabbiyi Unai Emeri o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Raqibimiz juda katta salohiyatga ega. O‘tgan yozda «Tottenxem» katta mablag‘ sarflab, kuchli futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib oldi. Hozir ularga o‘zaro moslashib olish uchun biroz vaqt kerak.

Bizni jiddiy sinov kutmoqda. Mening fikrimcha, «Tottenxem» Premyer-liganing eng kuchli to‘rt jamoasi qatorida bo‘lishi kerak», — deya Emerining so‘zlarini klub matbuot xizmati keltirdi.

«Tottenxem» — «Aston Villa» uchrashuvi bugun, 19 sentyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da boshlanadi.

Kiritildi: 12:56, 19.09.2026.
O'qildi: 781 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик