Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

«Bavariya» Olmoning «Barselona»dagi kam o‘yin vaqtidan foydalanmoqchi

«Bavariya» Olmoning «Barselona»dagi kam o‘yin vaqtidan foydalanmoqchi

Baho:
+ | -

«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani hujum chizig‘ida ko‘proq variantlarga ega bo‘lishni istamoqda. Bunga Xarri Keyn va Serj Gnabrining yoshi, Jamal Musialaning sog‘ligi bilan bog‘liq muammolar hamda Luis Diasning beqaror o‘yini sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.

Shu bois Myunxen klubi o‘z transfer maqsadlari ro‘yxatiga «Barselona»ning hujumkor yarim himoyachisi Dani Olmoni ham kiritgan.

«Bavariya» avval ham Olmoni sotib olishga uringan, ammo bu harakat muvaffaqiyatsiz yakunlangan edi. Shunga qaramay, futbolchi hali ham myunxenliklar e’tiborida qolmoqda. Dani Kompaniga juda yoqadi. Bundan tashqari, uning «RB Leypsig»dagi faoliyati tufayli Bundesliga bilan yaxshi tanish ekani ham muhim omil hisoblanadi. Shu sabab Olmoga Germaniyadagi hayot va futbolga moslashish uchun ko‘p vaqt talab etilmaydi.

El Nacional nashri Bild'ga tayanib xabar berishicha, «Bavariya» muzokaralarni boshlashni rejalashtirmoqda va futbolchi uchun 70 million yevro taklif qilishi mumkin.

Myunxenliklar Olmoning «Barselona»da kamroq o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotganidan foydalanmoqchi. Ayni paytda u asosiy tarkib uchun kurashda Fermin Lopesga yutqazmoqda. Bu holat Dani Olmoni klubini almashtirish haqida o‘ylashga undashi mumkin.

Endi asosiy masala — «Barselona» prezidenti Joan Laporta Dani Olmoni qo‘yib yuborishga rozi bo‘ladimi yoki yo‘q.

Kiritildi: 13:24, 19.09.2026.
O'qildi: 914 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик