Kataloniyaning «Barselona» klubi rahbari Joan Laporta «ko‘k-anorranglilar»ning 2026/2027 yilgi mavsumdagi maqsadlari haqida gapirib berdi.
«Biz hamma narsada g‘olib chiqish niyatidamiz: ketma-ket uchinchi La Ligani qo‘lga kiritish, Ispaniya Kubogi, UEFA Chempionlar ligasi va Superkubokni olish. Hammasi uddasidan chiqishimizga ishonchim komil. Biz dunyodagi eng yaxshi ko‘p turli sport klubimiz. Chempionlar ligasi titullari soni bo‘yicha bunday klub boshqa yo‘q», — dedi rahbar Marca gazetasiga.
Ispaniya chempionatining olti turidan so‘ng Kataloniya jamoasi 18 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi. «Ko‘k-anorranglilar» ikkinchi o‘rinda borayotgan Madridning «Real» klubini uch ochkoga ortda qoldirmoqda.













