«Atalanta» bosh murabbiyi Maurisio Sarri jamoaning A Seriyadagi starti haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Mavsumning to‘rtta o‘yinida bergamoliklar 2 ta g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyat qayd etib, turnir jadvalida 11-o‘rinni egallab turishibdi.
«Bu mening «Empoli»dagi tajribamga o‘xshaydi, degan bo‘lardim. To‘qqiz turdan so‘ng biz jadvalning eng oxirgi o‘rnida edik, ammo yakunda oliy divizionga chiqish uchun pley-off finaligacha yetib borganmiz.
«Napoli»da esa to‘rt turdan so‘ng bizda ikki yoki uch ochko bor edi. Bunday qiyinchiliklar faoliyatim davomida meni doimo kuzatib kelgan. Mening yagona yaxshi startim «Chelsi»da bo‘lgan, qolgan barcha holatlarda hamma narsa murakkab echgan.
Avvalgi o‘yin uslubi menikidan qanchalik farq qilgan bo‘lsa, startda shunchalik ko‘p qiyinchiliklar yuzaga kelgan. Hozir jamoani barpo etish yili ketmoqda.
Sport direktori ham, klub ham aniq qisqa muddatli maqsadlarni qo‘ymagan — gap uzoq muddatli loyiha haqida bormoqda», — dedi Sarri.













