Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Kompani Musialaning «Union»ga qarshi o‘yinda nega to‘liq 90 daqiqa harakat qilganini tushuntirdi

Kompani Musialaning «Union»ga qarshi o‘yinda nega to‘liq 90 daqiqa harakat qilganini tushuntirdi

Baho:
+ | -

«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani yarim himoyachi Djamal Musiala haqida fikr bildirdi. Kecha, 18 sentyabr kuni myunxenliklar «Union»ni 7:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Vinger maydonda to‘liq o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi. Avgust oyida Musiala maydonda ikki marta xushini yo‘qotgan edi.

«Biz aynan hozir ushbu qadamni tashlashni xohlagan edik. Terma jamoalar o‘yinlari sababli yuzaga keladigan tanaffus oldidan 90 daqiqa o‘ynashi u uchun muhim edi — shu orqali u barcha ortiqcha gap-so‘zlarni chetga surib qo‘ya oladi. Hamma narsa futbolga va uning qanday o‘ynashiga borib taqaladi — uni aynan shunga qarab baholash lozim», — deb keltiradi Kompanining so‘zlarini Bayern & Germany X ijtimoiy tarmog‘ida.

Bundesliganing to‘rt turidan so‘ng «Bavariya» 10 ochko bilan turnir jadvalini boshqarib bormoqda.

Kiritildi: 16:15, 19.09.2026.
O'qildi: 571 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик