«Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeone La Liga 7-turidan o‘rin olgan «Real»ga qarshi uchrashuv oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Argentinalik mutaxassis raqibning o‘yin uslubiga baho berdi va Madrid klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyuga bo‘lgan munosabati haqida ham gapirdi.
Uchrashuv 20 sentyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
«Hammasi har ikki jamoaning o‘ziga xos jihatlariga bog‘liq. Raqib tezkor o‘tishlarda bizdan kuchliroq, ularning o‘yini ancha tik yo‘nalishda qurilgan. Ularda jismonan baquvvat va kuchli futbolchilar bor, bunday vaziyatlardan juda yaxshi foydalanishadi.
Biz o‘yinni imkon qadar to‘g‘ri tashkil qilishimiz kerak. To‘pni yo‘qotgan paytimizda raqibning tezkor hujumlarga o‘tishi uchun qulay sharoit yaratib qo‘ymasligimiz lozim.
Ko‘p yil avvalgi voqealarga qaytishni istamayman. Mourinyuga juda katta hurmatim bor, men uning muxlisiman. U men uni qanchalik qadrlashimni yaxshi biladi. Ilgarigi uchrashuvlarda unga qarshi qanday kurashgan bo‘lsak, bu safar ham shunday raqobat qila olishni istardim», — deya Simeonening so‘zlarini AS nashri keltirdi.













