«Liverpul» yarim himoyachisi Florian Virs Angliya chempionati doirasida «Bornmut»ga qarshi kechadigan safar o‘yini oldidan o‘z kutilmalari bilan o‘rtoqlashdi.
«Adashmasam, u yerda bor-yo‘g‘i bir marta o‘ynaganman va bu juda og‘ir kechgan edi. Jamoadoshlarim o‘yin murakkab bo‘lishini aytishdi, ammo Premyer-ligada bunday o‘yinlar juda ko‘p. Bizni shiddatli bahs kutmoqda. Unga yaxshi tayyor bo‘lishimiz kerak. Murabbiyimiz raqibni juda yaxshi biladi, shu sababli, ehtimol, bizda kichik ustunlik bo‘lishi mumkin», — deb keltiradi Virsning so‘zlarini mersisaydliklar matbuot xizmati.
Angliya Premyer-ligasining beshinchi turidan o‘rin olgan «Bornmut» va «Liverpul» o‘rtasidagi uchrashuv yakshanba, 20 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.













