«Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeone Ademola Lukman La Ligada «Real»ga qarshi bo‘ladigan uchrashuvda jamoaning muhim taktik qurollaridan biri bo‘lishini ta’kidladi.
«U bizda ko‘p uchramaydigan o‘ziga xos xususiyatlarga ega futbolchi. Jarima maydoni chizig‘i atrofidagi yakkama-yakka vaziyatlarda u eng xavfli o‘yinchilardan biri.
U 60 daqiqa, 70 daqiqa yoki qancha vaqt o‘ynashidan qat’i nazar, bizga kerak. Klubga kelganidan beri juda yaxshi o‘ynayapti. Mavsum boshlanishi o‘zi xohlagandek kechmagan bo‘lsa-da, biz hali ham unga juda muhtojmiz», — dedi argentinalik mutaxassis.
28 yoshli nigeriyalik vinger joriy mavsumdagi barcha 6 ta uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va «Sevilya»ga qarshi o‘yinda gol urdi.













