Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Arteta Doumanning ehtimoliy ketishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

Arteta Doumanning ehtimoliy ketishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta 16 yoshli Maks Doumanning ehtimoliy ketishi haqida fikr bildirdi.

Avvalroq «kanonirlar» o‘z tarbiyalanuvchisini ijaraga qo‘yib yuborishga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

«Biz hech qanday variantni ko‘rib chiqmadik, chunki uni jamoada ko‘rishni istadik. U mavsumoldi tayyorgarlikni ham biz bilan o‘tkazishini xohladik.

Eng to‘g‘ri qarorni qabul qilish uchun vaziyatni har olti oyda qayta baholab boramiz. Biz takliflarga ochiqmiz, ammo hozir u shu yerda qolishi va «Arsenal»ga foyda keltirishi kerak», — deya Artetaning so‘zlarini Football Transfers keltirdi.

Joriy mavsumda Douman Angliya Liga kubogida bitta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.

Kiritildi: 16:41, 19.09.2026.
O'qildi: 619 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик