«Napoli» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri «Fiorentina»ga qarshi o‘yin jamoasi uchun mavsumdagi eng muhim bahslardan biri bo‘lishini aytdi.
Uning ta’kidlashicha, Florensiyada o‘ynash har qanday jamoa uchun qiyin, «Fiorentina» esa so‘nggi uchrashuvida yaxshi g‘alabaga erishgan. «Ertangi bahs mavsumdagi eng muhim to‘rt-beshta o‘yindan biri», — dedi Allegri.
Murabbiy shuningdek, jamoadagi jarohatlar haqida ma’lumot berdi. Andre-Frank Zambo Angissa tarkibga qaytgan bo‘lsa-da, to‘liq tayyor emas, Skott Maktominey, Aleks Meret, Alessandro Buondjorno, Luka Marianuchchi va Jovani esa uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. Kevin De Bryuyne esa asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin.
Allegri «Arsenal»dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng «Bolonya» ustidan qozonilgan g‘alaba jamoa uchun muhim bo‘lganini aytdi. Shu bilan birga, u «Napoli» hujumchisi Noa Langdan ko‘proq narsa kutayotganini ta’kidlab, futbolchi o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib yaxshiroq o‘ynashi va to‘g‘ri kayfiyat bilan maydonga tushishi kerakligini bildirdi.













