Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rahmonaliyev gol urgan o‘yinda «Sabah» Ozarbayjon chemponatida beshinchi g‘alabasini qayd etdi

Rahmonaliyev gol urgan o‘yinda «Sabah» Ozarbayjon chemponatida beshinchi g‘alabasini qayd etdi

Baho:
+ | -

Futbol bo‘yicha Ozarbayjon Premyer-ligasida «Sabah» ketma-ket beshinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

6-tur doirasida Mazasir shahri klubi «Imishli»ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuvning 20-daqiqasida mehmonlar darvozaboni Sadiq Mamedzoda to‘pni o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi va «Sabah» hisobni ochdi. 35-daqiqada Umarali Rahmonaliyev mezbonlarning ustunligini ikki to‘pga yetkazdi. 90+5-daqiqada esa Kahim Perris «Sabah»ning uchinchi golini urdi. «Imishli»ning yagona goliga 90-daqiqada Ronaldo Souza mualliflik qildi.

Bu natijadan so‘ng bitta zaxira o‘yini bor «Sabah» 15 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. «Imishli» esa 4 ochko bilan sakkizinchi pog‘onada bormoqda.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:32, 19.09.2026.
O'qildi: 993 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик