Lamin Yamal La Liganing 7-turida «Sevilya»ga qarshi uchrashuvda Rafinyaning ikki goliga assist qayd etdi. «Barselona» ushbu bahsda 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Kataloniyaliklar vingeri ketma-ket oltinchi o‘yinda «gol+pas» tizimi bo‘yicha samarali harakat qayd etmoqda.
19 yoshli futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 14 ta samarali harakatga ega — 7 ta gol va 7 ta golli uzatma.
«Sevilya»ga qarshi bahs Lamin Yamal uchun bu mavsumdagi sakkizinchi o‘yin bo‘ldi.













