«Barselona» La Liganing dastlabki 7 turida 31 ta gol urdi.
Kataloniyaliklar 7-turda safarda «Sevilya»ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvda Rafinya xet-trik qayd etdi.
Shu tariqa, «Barselona» futbolchilari Ispaniya chempionatining dastlabki 7 turida jami 31 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
La Liga tarixida bu davr mobaynida bundan ko‘proq gol urgan faqat bitta jamoa bor. 1940/41 mavsumida «Sevilya» dastlabki 7 turda 40 ta to‘p kiritgan.
O‘sha mavsumda «Sevilya» «Barselona»ni 11:1, «Real Ovyedo»ni 4:0, «Valensiya»ni 10:3, «Saragosa»ni 4:1 va «Erkules»ni 8:3 hisobida mag‘lub etgan. Shuningdek, jamoa «Selta» bilan 2:2 hisobida durang o‘ynagan va «Mursiya»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan.













