Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Lempard 25 yillik la’natni buzdi

Lempard 25 yillik la’natni buzdi

Baho:
+ | -

«Koventri» joriy APL mavsumidagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Frenk Lempard boshchiligidagi jamoa 5-turda safarda «Nottingem Forest»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Bungacha «Koventri» dastlabki to‘rtta uchrashuvning barchasida mag‘lub bo‘lib, raqiblaridan jami 10 ta gol o‘tkazgan va birorta ham to‘p kirita olmagan edi.

Uch ochko jamg‘argan «Koventri» turnir jadvalida 18-o‘rinni egallab turibdi. Klub o‘tgan mavsum Chempionshipda birinchi o‘rinni egallab, APL yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.

«Koventri» Premyer-ligada 2001 yil aprelidan beri ilk bor g‘alaba qozondi. Squawka ma’lumotiga ko‘ra, klub APLdagi ikki g‘alaba o‘rtasidagi eng uzoq tanaffus bo‘yicha rekord o‘rnatdi — 9 287 kun.

Avvalgi rekord «Ipsvich»ga tegishli bo‘lib, uning Premyer-ligadagi ikki g‘alabasi orasida 8 491 kun o‘tgan edi.

Kiritildi: 02:41, 20.09.2026.
O'qildi: 1143 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик