Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan futbolchilarning jurnalistlar bilan uzoq muloqot qilishi va ularga o‘zining yangi liboslarini namoyish etishi bilan bog‘liq an’anaga chek qo‘yishga qaror qildi.
So‘nggi bir necha yil davomida Fransiya terma jamoasi futbolchilarining Klerfontendagi yig‘in bazasiga kelish jarayoni o‘ziga xos moda namoyishiga aylanib qolgandi. O‘yinchilarni u yerda nafaqat sport jurnalistlari, balki dunyoviy nashrlar vakillari ham kutib olar, ular futbolchilarni uzoq vaqt suratga tushirardi.
Natijada terma jamoa yulduzlarining kiyinish uslubi va garderobi futboldan ancha uzoq bo‘lgan doiralarda ham muhokama mavzusiga aylanardi.
Bu holat Zidanga yoqmagan. derbyderbyderby.it xabariga ko‘ra, endi ushbu amaliyotga barham beriladi. Futbolchilarni suratga olish huquqi faqat Fransiya futbol federasiyasi tomonidan akkreditasiyadan o‘tgan jurnalistlarga beriladi.













