Londonning «Tottenxem» klubi yana mag‘lubiyatga uchradi. Bu safar Roberto De Dzerbi jamoasi «Aston Villa»ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, bu «Tottenxem»ning 2018 yildan buyon o‘yinlarini o‘tkazib kelayotgan «Tottenxem Xotspur» stadionida Angliya Premyer-ligasidagi yubiley — 50-mag‘lubiyati bo‘ldi.
Klub ushbu stadionda APL doirasida jami 141 ta uchrashuv o‘tkazgan.
Taqqoslash uchun, Londonning boshqa bir klubi — «Arsenal» o‘zining «Emireyts» stadionida APLdagi 50-mag‘lubiyatiga yetib borgunga qadar 382 ta o‘yin o‘tkazgan.
APLning keyingi turida «Tottenxem» safarda «Manchester Yunayted»ga qarshi maydonga tushadi.













