Noni Madueke «Arsenal»ni yaqin orada tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda.
24 yoshli vinger joriy mavsumda muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgani yo‘q. U avgust o‘rtasida «Manchester Siti»ga qarshi Angliya Superkubogi uchrashuvidan beri asosiy tarkibda maydonga tushmadi, Premyer-ligada esa jami 30 daqiqadan kam vaqt o‘tkazdi.
Football Insider ma’lumotiga ko‘ra, bir qator ingliz klublari futbolchining vaziyatini kuzatib bormoqda va qishki transfer oynasida uni tarkibiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Agar Mikel Arteta jamoasida Maduekening roli o‘zgarmasa, «Arsenal» futbolchini yanvar oyida qo‘yib yuborishi mumkin.













