«Sevilya» bosh murabbiyi Luis Garsiya La Liganing 7-turida «Barselona»dan 1:3 hisobida qabul qilingan mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi.
— Ikkinchi bo‘limda energiya yetishmadimi?
— Birinchi bo‘limdagi yagona salbiy jihat hisob bo‘ldi. Chunki tanaffusga 2:1 hisobida oldinda borgan holda chiqishimiz mumkin edi. Biz raqib jarima maydonida ko‘proq o‘ynashga harakat qildik. Shuningdek, kelajak uchun saboq oldik. Munosibroq natijaga loyiq edik. Tanaffusga g‘olib holda chiqish butunlay boshqa masala.
— Ikkinchi bo‘limda-chi?
— Keyin o‘yinimizdagi uyg‘unlikni yo‘qota boshladik, raqib esa juda aniq harakat qildi. Futbolchilarimga nisbatan hech qanday e’tirozim yo‘q. Biz «Barselona»ga haqiqiy qarshilik ko‘rsata olgan birinchi jamoa bo‘ldik, — dedi Garsiya.













