Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

"Ular niqobini yechdi" — Laporta "Atletiko"ni tanqid qildi

"Ular niqobini yechdi" — Laporta "Atletiko"ni tanqid qildi

Baho:
+ | -

"Barselona" prezidenti Joan Laporta Madridning "Atletiko" klubi bilan argentinalik hujumchi Xulian Alvares transferi bo‘yicha olib borilgan muzokaralar haqida gapirdi.

"Atletiko" o‘zini xafa bo‘lgan tomon sifatida ko‘rsatdi, ammo bunday munosabatni oqlab bo‘lmasdi. Biz o‘z tomonimizdan kerakli barcha ishni qildik. Ammo Madridda Xulianga o‘rinbosar yo‘qligi sabab u sotilmasligini aytishdi.

Uni "Barselona"dan tashqari istalgan klubga sotishga tayyor ekanliklari haqida ma’lumot eshitdim. Keyin esa ular niqoblarini yechib, buni ochiqchasiga aytishdi", — deya "ko‘k-anorranglilar" prezidenti so‘zlarini Marca nashri keltirmoqda.

Xulian Alvaresning bozor qiymati 120 million yevroga baholanmoqda. Uning "Atletiko" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 10:23, 20.09.2026.
O'qildi: 1710 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик