Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

«Real» tibbiy ko‘rikdan o‘ta olmagan 17 yoshli iqtidorga yana qiziqish bildirmoqda

«Real» tibbiy ko‘rikdan o‘ta olmagan 17 yoshli iqtidorga yana qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

Amsterdamning «Ayaks» klubi yarim himoyachisi Abdella Uazan yana Madridning «Real» klubi rahbariyati qiziqish doirasiga tushdi. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

«Qirollik klubi» 17 yoshli yarim himoyachini 2025 yilda o‘z safiga qo‘shib olishni istagan edi. Biroq o‘sha paytda futbolchi tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘ta olmagani sabab transfer amalga oshmay qolgan.

Oradan vaqt o‘tib, «Real» istiqbolli futbolchi nomzodiga yana qaytishga qaror qilgan.

Joriy Niderlandiya chempionati mavsumida Uazan 7 ta uchrashuv o‘tkazib, 1 ta gol urdi.

Marokashlik futbolchining «Ayaks» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 1,5 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 12:43, 20.09.2026.
O'qildi: 855 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик