Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Xarri Keyn Berlinning «Union» jamoasi ustidan 7:0 hisobidagi yirik g‘alabadan so‘ng jamoadoshi Maykl Olisening o‘yiniga baho berdi. Uchrashuvda fransuz vingeri uchta gol urdi.
«Olise mavsum boshidanoq o‘zini juda yaxshi ko‘rsatmoqda. Menimcha, u ajoyib futbolchi. Maykl jahon chempionatida o‘zini juda yaxshi namoyon qildi va «Bavariya» o‘yinlarida ham buni davom ettirmoqda. U yanada yaxshiroq bo‘lishi mumkin. Hozir unda rivojlanish uchun ajoyib sharoitlar bor. Olise jamoamiz uchun juda muhim», — dedi Keyn.
Maykl Olise joriy Bundesliga mavsumida 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













